Ayollar dunyosi | 15:25 / 01.08.2025
862
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025 yilning birinchi yarmida ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi. 

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 41 051 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirildi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 11 914 nafar ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, 4 006 nafar xotin-qizga birlamchi ko‘mak xonalarida ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. 

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida esa 512 nafar ayol hamda 709 nafar ularning farzandi joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar taqdim etildi.

Mavzuga oid