Jamiyat | 10:23
5552
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi uch qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Sho‘rchi tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 4 avgust kuni soat 03:02 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, "Bobotog‘" MFYda joylashgan uch qavatli savdo markazining birinchi va ikkinchi qavatlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va hozirda bartaraf etilmoqda.

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv tashuvchi mashina jalb etilgan. Yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yong‘in soat 07:30 da o‘chirilgan.

 

Mavzuga oid