Rossiya Markaziy banki rubl kursiga ta'sir ko‘rsatmoqchi emas

Rossiya banki rubl kursiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan choralar ko‘rishni rejalashtirmayapti, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» Markaziy bank matbuot xizmatiga tayangan holda.
«Markaziy bank suzuvchi kursdan voz kechmaydi va kursga ta'sir etmoqchi emas. Suzuvchi kurs — iqtisodiyotni barqarorlashtiruvchi vositadir. U o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, prezident Putin yordamchisi Andrey Belousov aytganidek, rublning haddan ortiq mustahkamlanishi — Rossiya iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha muammolar yaratadigan bosh og‘riqdir.
O‘z navbatida, VEB raisi o‘rinbosari Andrey Klepach, milliy valyutaning mustahkamlanishi bilan byudjyet 150-160 mlrd rublni yo‘qotishini ta'kidladi.
Mavzuga oid

18:17
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

14:51
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

13:37
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:22