Jahon | 06:53 / 07.10.2016
5161
1 daqiqa o‘qiladi

Florida gubernatori: Hayallamang, yo‘qsa "Metyu" to‘foni sizlarni o‘ldiradi

AQShning Florida shtati gubernatori Rik Skott shtatga yaqinlashayotgan "Metyu" to‘foni o‘lim xavfini solishidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. 

Gubernator shtat aholisini evakuatsiya bilan hayallamaslikka chaqirdi, chunki to‘fon 6 oktabrdayoq sohilga yetib kelishini aytgan.

"Bu jiddiy. Tavakkal qilmang. Yana bir bor, agar evakautsiya qilinishingiz kerak bo‘lsa, hayallamang. Yo‘qsa bu to‘fon sizni o‘ldiradi. Vaqt ziqdir", deb aytgan Skott.

Floridada 2 mln dan ko‘proq odam evakuatsiya qilinishi kerak.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘fon 140 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Mavzuga oid