Jahon | 18:42 / 11.12.2016
12547
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Istanbuldagi teraktlarda halok bo‘lganlar uchun o‘ch olishga va'da berdi

Foto: Reuters

Turkiya TIV Sulaymon So‘ylu Istanbuldagi ikki teraktda halok bo‘lgan kishilar uchun albatta o‘ch olinishini ta'kidladi. Reuters agentligi shu haqida ma'lum qildi

"Ertami-kechmi, biz o‘ch olamiz. Buning xuni qanday bo‘lishidan qat'i nazar, biz buni shundayligicha tashlab qo‘ymaymiz", - dedi u politsiyachilarning dafn marosimida. 

Shuningdek vazir ijtimoiy tarmoqlarda terakt tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlaganlarni bunday so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytib ogohlantirgan. 

Bundan avval So‘ylu mazkur teraktlarga Turkiyada terorchi tashkilot hisoblanuvchi Kurdiston Ishchilar partiyasining  (KIP) aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqida aytdi. 

10 dekabr kuni kechqurun Istanbul shahridagi Vodafone Arena maydoni yonida ikki terakt sodir etildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ularda 38 kishi halok bo‘lgan, 155 nafari jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning 30 nafari - politsiya xodimlari. 

 

Mavzuga oid