Samarqand viloyati Boshqirdiston bilan hamkorlik qilmoqchi
Samarqand viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Boshqirdistonida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Delegatsiyaga viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev boshchilik qilmoqda, unga O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov hamrohlik qilyapti.
Tashrifning asosiy maqsadi – Boshqirdiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, boshqird sheriklarni izlash, tomonlarning o‘zaro tashqi savdo aylanmasi hajmini oshirish, deya aniqlik kiritdi Rossiya TIVning Ufadagi vakili Vener Galiakbarov.
Dasturda – Boshqirdiston Hukumati Bosh vaziri bilan uchrashuv rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi va BR SPP o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolanishi, shuningdek B2B shaklidagi muzokaralarni o‘tkazish, biznes-hamjamiyat vakillari bilan uchrashish rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari tashrif davomida XXVII «AgroKompleks» Xalqaro ko‘rgazmasi, «Korporatsiya razvitiya Respubliki Bashkortostan», «Ufimskiy» sanoat bog‘iga borishadi.
17 mart, juma kuni esa mehmonlar «Bashinkom» va «Institut nefteximpererabotki Respubliki Bashkortostan» korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.
Rasmiy tashrif «O‘zbekiston» savdo uyi faoliyatini baholash bilan o‘z yakuniga yetadi.
Mavzuga oid

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025