AQShda ozodlikni xush ko‘ruvchi sigir politsiya ta'qibidan qochishga urindi
Amerikaning Texas shtati Templ shahrida uy hayvoni bilan bog‘liq qiziq voqea ro‘y berdi. Politsiyachilar o‘tardan qochgan sigirni avtomobilda quvishdi.
Videoyozuvda sigir to‘g‘ri o‘targa sakragan, biroq politsiyachi darvozani yopayotgan vaqtda hayvon birdaniga unga tashlanib qolganini ko‘rish mumkin.
Patrul xodimi vaqtida chetga chiqishga ulgurgan, sigir esa yana ozodlikka chiqqan. Shu bilan videoyozuv tugaydi.
OAV politsiya sigirni tutishga muvaffaq bo‘lgani yoki yo‘qligi haqida xabar qilmagan.

Mavzuga oid

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

10:20
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025