Sanches: Haqiqiy xarakterga ega jamoada o‘ynashni istayman

«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches qanday shart evaziga Londonda qolishi mumkinligi haqida gapirdi. Bundan oldinroq ushbu chililik futbolchi moliyaviy masalalarda kelisha olmayotgani tufayli shartnomasini uzaytirmayotgani aytilgandi. Unga endilikda «Manchester Siti», «PSJ», «Yuventus», va «Bavariya» qatorida «Chelsi» klubidan ham qiziqish paydo bo‘lgan.
«Men Londonda o‘zimni juda yaxshi his qilaman va «Arsenal» bilan shartnomamni oxirigacha ishlash niyatidaman. Shu shaharda o‘ynashda davom etib, sovrinlar yutishni istayman. Men o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadigan jamoada harakat qilmoqchiman. Yoshim 28da va hali hammasi oldinda. Men o‘z organizmim haqida qayg‘urishni hech qachon yoddan chiqarmayman. Umid qilamanki, «Arsenal» bilan ham sovrinlarga ega chiqaman», - deya Aleksisning so‘zlarini keltiradi Metro.
Joriy mavsumda ushbu futbolchi jamoaning barcha turnirlari doirasida 38 uchrashuv o‘tkazib, 22 gol urdi hamda 18 golga uzatma berdi. Transfermarkt.de portali futbolchining transfer qiymatini 65 mln yevroga baholagan. Aleksisning «Arsenal» bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar imzolangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?

10:25 / 30.04.2025