O‘zbekiston | 13:53 / 07.04.2017
10774
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat faoliyat yo‘nalishlari yanada kengaytirildi

Yuridik xizmat faoliyat yo‘nalishlari yanada kengaytirildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati 
va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi lex.uz saytida joylashtirildi.

Mavzuga oid