O‘zbekiston | 18:53 / 10.05.2017
26532
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi ikkita markaziy ko‘cha qayta biriktiriladi

Foto: KUN.UZ

Yaqin orada Sharof Rashidov ko‘chasini Mustaqillik maydoni bilan bog‘laydigan yo‘l qismi qayta ochilishi rejalashtirilmoqda. 

10 may kunidan M-4 mavzesidagi bir vaqtlar yo‘l bo‘lgan, keyinchalik ko‘kalamzorlashtirilgan hududda ishlar boshlab yuborilgan. Shahar obodonlashtirish xizmati ishchilari yosh daraxtlarning yon-atrofini kovlashgan. Kasallangan va keksa daraxtlar kesib tashlash uchun ro‘yxatga olingan. 

Obodonlashtirish bo‘limi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yosh va yaxshi holatdagi daraxtlarning barchasi boshqa joylarga ko‘chiriladi. Bu ishlar "Jasorat" yodgorligidan Mustaqillik maydoniga eltuvchi yo‘lni qayta tiklash sababli amalga oshirilmoqda. 

Biroq, hozircha, yo‘lning qachon ochilishi ma'lum emas. Bu esa Navoiy, Amir Temur ko‘chalaridagi avtomobil oqimini birmuncha kamaytirish imkonini beradi. 

Mavzuga oid