O‘zbekiston | 21:01 / 27.06.2017
7125
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshshahartransxizmat” tizimidagi avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimi o‘rganiladi

Joriy yilning 3 iyulidan e'tiboran  “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish ishlari olib boriladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” saytida ma'lum qilindi

"Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari !

Yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini yanada optimallashtirish, harakatlanadigan tarkibning ratsional miqdorini aniqlash maqsadida 2017 yilning 3 iyulidan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish olib boriladi.

Yo‘lovchilar oqimini o‘rganish davomida faol ishtirok etishingizni, yo‘l kira haqini o‘z vaqtida to‘lab borishingizni va bir martalik chiptalarni chipta sotuvchilardan talab qilishingizni iltimos qilamiz.

Ko‘rsatilayotgan yo‘lovchi tashish xizmatlari sifati bo‘yicha takliflaringiz va e'tirozlaringizni “Toshshahartransxizmat” AJ saytiga yuborishingizni yoki “1062” raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq orqali berishingizni so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid