Jahon | 21:45 / 01.08.2017
13881
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada kuchli shamol vaqtida samolyotlar qo‘ndirilishi videoga olindi

Avstraliyaning Melburn aeroportida yo‘lovchi samolyotlari 100 km/soat bilan esayotgan shamol vaqtida qo‘nishlariga to‘g‘ri keldi. Bu holat aks etgan video Yahoo7 News portalida joylashtirildi.

29 iyulda suratga olingan rolikda kuchli shamol qo‘nishga harakat qilgan samolyotlarni chayqatayotganini ko‘rish mumkin. Bunday samolyotlar orasida Singapore Airlines (Singapur), Qantas (Avstraliya), Cathay Pacific va China Airlines (Kitay) aviakompaniyalari samolyotlari bo‘lgan. Ularning barchasi muvaffaqiyatli qo‘na olgan.

Shanba kuni ob-havo sharoiti tufayli Melburn aeroportida qo‘nishi va uchishi kerak bo‘lgan bir qator reyslar ushlab qolingan. Bundan tashqari, Melburnda shamol daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlab, ba'zi binolarga shikast yetkazgan. Yomon ob-havo tufayli 800 ga yaqin uy elektr ta'minotisiz qolib ketgan.

Mavzuga oid