Rossiyaning beshinchi avloddagi qiruvchisi Su-57 deb nomlandi

Foto: RIA "Novosti"
Rossiya harbiy-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryovning ma'lum qilishicha, beshinchi avloddagi yangi qiruvchi Su-57 nomini oldi, deb xabar bermoqda «Zvezda» telekanali.
«Samolyot xuddi bola tug‘ilganidan so‘ng ism olgani kabi, yangi nom bilan ataldi. Su-57 – endi biz uni shunday ataymiz», - deya ma'lum qildi Bondarev.
Avval samolyot zavoddagi indeks bo‘yicha T-50 deb atalgan.
Su-57 – Rossiyaning beshinchi avloddagi qiruvchisi bo‘lib, Suxoy konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqildi.
Ta'kidlanishicha, Su-57 bo‘yicha ma'lumotning katta qismi maxfiydir. Uning ba'zi jihatlari oshkor etilgan, xolos: samolyot eng yangi bort elektronikasi, radarga ega, qiruvchi uchuvchilari yangi parvoz kostyumi va bosh kiyimiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025