Sirdaryo IES modernizatsiyasi bilan qaysi davlat kompaniyasi shug‘ullanishi ma'lum

Foto: O‘zbekenergo
2018 yildan Rossiyaning «Silovyye mashiny» kompaniyasi Markaziy Osiyoda eng katta bo‘lgan elektrstansiya - Sirdaryo IES uskunalarining keng ko‘lamli modernizatsiyasini boshlaydi. Bu haqda «Silovyye mashiny» rasmiy sayti ma'lum qildi.
Ish doirasida 3, 6, 9 va 10-sonli energobloklardagi turbina, generator, qozonxona hamda qo‘shimcha uskunalar yaxshilanadi. Bundan tashqari, texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etiladi, avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimi rekonstruksiya qilinadi, shuningdek, qurilish-montaj va boshqa tegishli ishlar amalga oshiriladi.
Rejaga ko‘ra ishlar 2020 yilda yakunlanishi kerak. «Silovyye mashiny» tomonidan bu davr ichida yiliga ikkitadan energoblok foydalanishga topshirib boriladi.
Ishlar yakuni bo‘yicha Sirdaryo IES quvvati 150 MVt.ga oshadi, bu O‘zbekistonda elektr energiyasi tanqisligini qisqartiradi va mamlakat energiya tizimi ishlashining ishonchliligini oshiradi. Bugungi kunda, elektrstansiya mintaqada ishlab chiqariluvchi barcha elektr energiyasining 30 foizdan ortig‘ini chiqaradi.
Mavzuga oid

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025