Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun sport bayrami o‘tkazildi
3 aprel kuni Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va kollej tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan stol tennisi, shashka va mini-futbol musobaqalarini o‘tkazdi. Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.
Unga ko‘ra, mazkur bayram musobaqalari O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli qarorlarida va 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5006-sonli farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, Respublikada imkoniyatlari cheklangan insonlarni sportga jalb qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport va jismoniy tarbiya orqali imkoniyatlari cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiyalash va hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida tashkil etilgan.







Musobaqalarda 80 dan ortiq bola ishtirok etdi. Barcha musobaqa ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musobaqada el suygan san'atkorlar o‘zlarining chiqishlari va tilaklari bilan bolalarni xushnud qilishdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

11:30 / 09.07.2025
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi

10:23 / 09.07.2025
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi

21:22 / 09.09.2024
Paralimpiya g‘olib va sovrindorlariga sovg‘alar topshirildi - fotolar

14:07 / 09.09.2024