Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 4 nafar farzandning otasiga oqlov hukmi chiqarildi

Illyustrativ foto
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tuman sudi sayyor sud majlisida 1969 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan, o‘rta ma'lumotli, 4 nafar farzandning otasi Shodiyor Turdiyevni Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) 2-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblash haqidagi jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tergov organi tomonidan Sh.Turdiyev o‘z xonadonida moy juvoz uskunasi, elektrogeneratorni va 80 kilogramm chigitni saqlab qonunga xilof ravishda mahsulot ishlab chiqarish jinoyatiga tayyorgarlikda ayblangan.
Sud dastlabki tergov organi sudlanuvchi Sh.Turdiyevning uyidan olgan juvoz, elektrogenerator, 80 kilogramm chigit mahsulotidan tashqari rad etib bo‘lmaydigan dalilni topmasdan, unga chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish va muomalaga kiritish jinoyatiga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish aybini e'lon qilib, jinoyat ishlarini yuritishda haqiqatni aniqlash va aybsizlik prezumptsiyasi talablarini buzgan deb topdi.
Ishdagi holatiga ko‘ra, sudlanuvchi Sh. Turdiyev chigitdan olinadigan mahsulotni bevosita ishlab chiqarayotgani yoki ishlab chiqargani holati aniqlanmagan.
Sh.Turdiyev juvoz uskunasini 2011 yilda kunjut va zig‘ir moyi ishlab chiqarishni yo‘lga quyish maqsadida sotib olganini, rasman mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, uning balansiga kirim qilganini, biroq elektr tarmoqlari korxonasi bunday faoliyatga ruxsat bermaganini, shu maqsadda yer ham ajratib berilmaganini, uyidan topilgan chigitni o‘g‘li Bobur Jabborov mollariga yem sifatida olganini qayd etib ko‘rsatma berdi.
Sudda sudlanuvchining vajlarini inkor qiluvchi biron-bir obektiv dalil yo‘qligi sababli, dastlabki tergovning ayblovi o‘z tasdig‘ini topmadi. Shu bois sud jinoiy hodisa yuz bermagan deb topdi va sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari tartibida oqlov hukmi chiqardi.
Sud shuningdek, tegishli mansabdor shaxslarning e'tiborini dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan xususiy ajrim chiqardi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025