Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada turning markaziy o‘yinida 8ta gol urildi

Rossiya Premer-Ligasining 8-turidagi markaziy uchrashuv Sankt-Peterburgning «Zenit» va Moskvaning «Lokomotiv» klublari o‘rtasida kechdi. Sankt-Peterburgda kechgan uchrashuvda maydon egalari 5:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Zenit» safida gollarga Artyom Dzyuba, Sebastyan Driussi, Aleksandr Yeroxin va Oleg Shatov (dubl) mualliflik qilishdi. «Temiryo‘lchilar»ning gollari Dmitriy Barinov, Aleksey Miranchuk va Fyodor Smolov tomonidan urildi.
Amaldagi chempionlar bo‘lmish «Lokomotiv» o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi - 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan himoyachi Dmitriy Tarasov ikki sariq kartochka oldi va 82-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi..
Qayd etish kerakki, bu keyingi 3 mavsumda Rossiya chempionatida kuzatilgan eng sermahsul o‘yin bo‘ldi. Avvalgi ikki mavsumdagi hech bir o‘yinda 8tadan ortiq gol urmagan. Oxirgi marta 2015 yil sentabrida bundan yirik hisob qayd etilgan, o‘shanda TsSKA «Mordoviya»ni 6:4 hisobida mag‘lub etgandi.
Endilikda «Zenit» ochkolari sonini 22taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi, «Lokomotiv» 9 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Keyingi turni moskvaliklar jamoasi o‘z maydonida «Axmat»ga qarshi o‘tkazadi (29 sentabr), piterliklar esa «Anji» mehmoni bo‘ladi (30 sentabr).
Rossiya chempionati
8-tur
Zenit – Lokomotiv 5:3
Gollar: 1:0 – 13 Shatov, 1:1 – 17 Barinov, 2:1 – 48 Yeroxin, 3:1 – 57 Dzyuba, 4:1 – 64 Shatov, 4:2 – 74 Miranchuk, 4:3 – 85 Smolov, 5:3 – 90 Driussi.
Zenit – Lunev, Netu, Ivanovich, Smolnikov, Nabiullin, Shatov (Markizio, 68), Paredes, Kuzyayev (Ernani, 73), Yeroxin, Driussi (Kokorin, 90), Dzyuba.
Lokomotiv – Gilerme, Xevedes, Kverkveliya, Chorluka (Tarasov, 78), Ignatev (Miranchuk, 70), Denisov, Miranchuk, Fernandesh, Barinov, Idovu, Smolov.
Ogohlantirishlar: Kuzyayev (27), Barinov (29), Ignatev (34), Idovu (72), Tarasov (80), Ernani (87), Driussi (90).
Chetlatish: Tarasov (82).
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

23:09 / 17.08.2019
RPL. «Zenit» o‘z maydonida ochko yo‘qotdi, «Krasnodar» safarda g‘alaba qozondi

00:25 / 12.11.2018
TsSKA «Zenit»ni mag‘lub etdi. Rossiya chempionati turnir jadvalidagi holat

11:00 / 29.07.2018
Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g‘alaba bilan boshladi va boshqa natijalar

19:00 / 13.05.2018