Rossiyaliklar to‘rt oydan beri Ravon avtomobillarini sotib ololmayapti

Ravon sentabrda Rossiyada bitta ham avtomobilni sota olmadi, bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Rossiyada avtomobillar taqchilligi shunga olib keldiki, kompaniya to‘rt oydan beri avtomobillar sota olmayapti.
So‘nggi bor kompaniya may oyida avtomobillar sotgandi - 508 dona. O‘shanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.
Taqchillikning kamida ikkita sababi bor: Rossiya bozoridagi narxlarni qayta ko‘rib chiqish va kompaniyaning biznes modelidagi sezilarli o‘zgarishlar.
«Narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kursi o‘zgarishi hamda RFda utilizatsiya yig‘im stavkalari oshirilishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending bilan kechdi va modellar yangilangan qatori ishga tushirilishi hamda Ravon brendi rivojlanishi, Rossiya bozori uchun yangiliklar ishga tushirilishi bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘i kengayishi bilan birga davom etmoqda», - deya xabar berishgandi Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan’dan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravon Rossiyada yozda bir dona ham mashinani sotmagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025