Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» futbolchilari Kontega ishonchsizlik bilan qaramoqda, klubda boshqa asosiy nomzod bor

Foto: Getty Images
«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kecha «Real»dan iste'foga chiqarilgan Xulen Lopetegining o‘rnini egallash uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar tarqatdi The Sun.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» vakillari o‘tgan hafta Londonga kelib, Pochettinoga yaqin kishilar bilan uchrashgan va ortga qaytgach, klub prezidenti Florentino Peresga ijobiy xabarlar yetkazishgan. Endilikda rahbariyat noyabr oxiriga qadar 46 yoshli ushbu mutaxassisni klubga olib kelishni istamoqda.

Shu bilan birga, nashrning aniqlashicha, hozirga qadar ayni lavozimga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatib kelingan Antonio Konte Madridga kelish fikridan qaytishi mumkin. «Real»dagi futbolchilarning mavqeyi va murabbiyga bosim o‘tkaza olishi italiyalik mutaxassisni ikkilantirib qo‘ygan.
Xususan, kuni kecha jamoa sardori Serxio Ramosdan «Chelsi»ning sobiq ustozi klub murabbiyi bo‘lishiga qanday qarashi haqida so‘rashganida u shunday deb javob bergan:
«Hurmat qozoniladi, talab qilib olinmaydi. Siz taniydigan murabbiylar bilan allaqachon hamma sovrinlarni yutib bo‘lganmiz. Klubda o‘yinchilarini boshqarish murabbiyning texnik bilimidan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega», - deb aytgan Ramosning so‘zlarini keltiradi The Sun.
Nashr xulosasiga ko‘ra, «Real» futbolchilari Kontening «Chelsi»dagi faoliyati davomida ayrim o‘yinchilar bilan kelisha olmagani sabab unga ishonchsizlik bilan qarashmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025