Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPX xodimlari tomonidan avtomobillarni «ta'qib qilish» va «kuzatish» o‘rtasidagi farq tushuntirildi

Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ShIIBB tomonidan tashkillashtirilgan hamda jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi «Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan tushuntirish berildi.
Yo‘l patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi haqida Toshkent ShIIBB YHXB boshlig‘ining o‘rinbosari Aziz Sobirov so‘zlab berdi.
Jumladan, hukumat qarorida «yo‘l harakati qatnashchisi», «yo‘l partul xizmati xodimi», «yo‘l transport hodisasi», «yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash», «maxsus moslamalar», «maxsus tadbirlar», «ta'qib qilish» va «kuzatish» degan atamalar izohi berib ketilgan.
A.Sobirov «ta'qib qilish» atamasiga to‘xtalib, fuqarolardan bo‘layotgan murojaatlarda, ommaviy axborot vositalaridan tushayotgan so‘rovlarda «yo‘l patrul xizmati inspektori avtomobilni quvishi mumkinmi?» degan savol ko‘p uchrayotganiga urg‘u berdi. Hukumatning yangi qarorida bu masalaga ham oydinlik kiritib o‘tilgani ta'kidlandi.
«Ta'qib qilish» deganda jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar salonida bo‘layotgan transport vositasi haydovchisi yo‘l patrul xizmati xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaganda, transport vositasining harakatiga chek qo‘yish hamda gumonlanuvchini ushlash maqsadida transport vositasining ortidan quvish tushunilishi belgilangan.
«Kuzatish» deganda haydovchisi tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan transport vositasini dislokatsiyalar bo‘yicha kuzatib borib, ortidan quvmasdan to‘xtashga undash tushuniladi.
Shuningdek, A.Sobirov 2019 yilning 1 iyulidan boshlab barcha YPX xodimlari bodi-kamera bilan ta'minlanishi, yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar ham yo‘l noziri o‘zaro munosabatlarni audio, foto va videofiksatsiya qilish huquqiga ega ekanliklari haqida so‘zlab berdi.
Haydovchi shuningdek, YPX xodimlarining kuzatish va fiksatsiya qilish qurilmalarining sertifikatlarini, dislokatsiya xaritasini haydovchining talabiga ko‘ra taqdim etish qoidasi joriy etilayotganini aytib o‘tdi.
YPX xodimlarining haydovchilar va yo‘lovchilar bilan muomala madaniyati qanday bo‘lishi belgilanganini ham gapirib berdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:12 / 03.08.2021
Bu safar qizil «Malibu». YPX xodimi «yuqoridan telefon» tufayli qoidabuzar ayolni qo‘yib yubordi

14:13 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimiga «Qora Malibu»ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rilgani ma'lum qilindi

10:52 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimi «yuqoridan kelgan» buyruq bilan qoidabuzar haydovchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi

20:51 / 01.07.2021