Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Time jurnali bir necha jurnalistni «Yil odami» sifatida e'lon qildi
AQShning Time nashri tahririyati bir guruh jurnalistlar, jumladan Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchiga hamda Capital Gazette nashri ofisidagi otishmada halok bo‘lganlarga 2018 yilning «Yil odami» unvonini berdi.
Qoshiqchidan tashqari, Reuters axborot agentligining Myanmada davlat siri haqidagi qonunni buzganlik uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan jurnalistlari Va Lone va Kyau So Oo, Filippinning muxolif sayti Rappler muharriri Mariya Ressa hamda AQShning The Capital Gazette nashrining otishmada halok bo‘lgan xodimlari jurnal tomonidan «Yil odami» sifatida e'tirof etildi.
Jurnal «Yil odami» unvonini ilk bor vafot etgan kishilarga berdi.
«Yil odami» unvonini olishga asosiy da'vogarlar orasida Rossiya, AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Mun Je In, Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myuller va yana boshqalar bor edi.
28 iyunda AQShning Annapolis shahrida (Merilend shtati) mamlakatda uzoq yillardan beri chop etiluvchi gazetalardan biri Capital Gazette bosh ofisi hududida otishma sodir etilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi, yana bir necha kishi jarohat olgandi.
Jamol Qoshiqchi 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida o‘ldirilgandi.
2017 yilda Time jurnali jinsiy tegajog‘liklar haqida birinchi bo‘lib so‘zlagan ayollarni (Silence Breakers) “yil odami” sifatida e'tirof etgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

22:19 / 07.02.2025
Time muqovasiga prezident kursisida o‘tirgan Ilon Mask surati joylashtirildi

21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi

19:56 / 13.10.2024