«O‘zbek Davlat sirki» dasturlari rang-barangligi oshiriladi
Bugun, 8 fevral kuni «O‘zbek Davlat sirki»da ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkillashtirildi va bu maskan faoliyati hamda rejalari tanishtirildi.
2019 yildan boshlab davlat rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbek sirk san'atining jamiyatdagi rolini oshirish, sirk dasturlari va spektakllarining badiiy saviyasi va qamrovini kengaytirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash, sirkning yosh mutaxassislarini tayyorlash, «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi va uning tarkibidagi ko‘chma sirklar (shapitolar)ning faoliyati, o‘zbek sirk san'atiga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy qilish orqali investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, aholiga taqdim etilayotgan sirk xizmatlarining natijadorligi va sifatini oshirish rejalashtirilgan.
Kun.uz muxbiri press-tur doirasida sirk rahbari Rustam Majidov bilan qisqa suhbat qildi.
«2019 yil «O‘zbek Davlat sirki» faoliyatida burilish yili bo‘lishi lozim. Chunki prezidentimiz talabi shunday. Vazirlar Mahkamasi qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan sirkimiz bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, binolarimiz to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilishi, moddiy texnik bazamiz kuchaytirilishi, dasturlarimiz rang-barangligi oshirilishi lozim. Tsirkimiz jamoasi hozirdanoq bunga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ko‘rib turganingizdek, artist jonivorlarimizni yangi tomoshalarga o‘rgatyapmiz, ko‘chma sirklar bo‘yicha maxsus jadval tuzib chiqyapmiz.
Eng muhimi, xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish bo‘yicha vazirligimiz tomonidan alohida ishlar olib borilyapti. Bir guruh xodimlarimiz qo‘shni davlatlarga, Rossiyaga borib malaka oshirib kelishdi. Biz ham yaqinda ularning tashrifini kutyapmiz», – deya Rustam Majidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

11:55 / 09.11.2024
O‘zbekistonda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanmoqda

12:43 / 18.01.2023
O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

18:48 / 03.02.2022
Paxtakorda sirkchilarning bo‘g‘oz sheri o‘ldi. Bunga «zamhokim»ning byurokratligi sabab bo‘ldimi?

10:42 / 05.01.2022