Qashqadaryoda 20 million yevrolik zavod quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 fevral kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmini oshirish borasidagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda prezident eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish zarurligini ta'kidlab, shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining 2019 – 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.
Bu borada Qashqadaryo viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov hamda “Matanat A” kompaniyasi vitse-prezident Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, “Matanat A” kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan zamonaviy zavod barpo etiladi.
“Matanat A” kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarboyjonda ekologik toza va zararli bo‘lmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ilg‘or. Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu nufuzli muassasa Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

15:23 / 19.03.2025