Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma'lum bo‘ldi
Massimiliano Allegrining iste'fosini e'lon qilgan «Yuventus» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod «Latsio»da faoliyat ko‘rsatayotgan Simone Indzagi hisoblanadi. Bu haqda Corriere dello Sport manbasi xabar bermoqda.
Italiyalik mutaxassisning «Latsio» bilan shartnomasi muddati 2020 yilga qadar tuzilgan, ammo biroz avvalroq u klubni tark etishi istisno etilmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Football Italia ma'lumotiga ko‘ra ham aynan u Allegrini almashtirish uchun asosiy nomzoddir.
Allegri «Yuventus»ni 2014 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. So‘nggi besh mavsumda turinliklar uzluksiz chempion bo‘lib kelishgandi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishganli, jamoa 2015 yilda «Barselona»ga (1:3), 2017 yilda «Real»ga (1:4) yutqazgandi.
YeChLning joriy mavsumida byankonerilar 1/4 finalga yetib borishdi va «Ayaks» to‘sig‘idan o‘ta olishmadi (1:1 va 1:2). A Seriyada jamoa mavsum yakuniga ikki tur qolganida eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 13 ochkoga ortda qoldirib, muddatidan oldin chempionga aylanishdi.
Bundan avvalgi xabarlarda «Yuventus» bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida Dide Desham, Maurisio Sarri, Karlo Anchelotti, Antonio Konte, Xosep Gvardiola va Maurisio Pochettino kabi mutaxassislar nomi sanalgandi. Bu ro‘yxatdagilardan Konte katta ehtimol bilan «Inter» boshqaruviga keladi, Gvardiola esa «Siti»da qolishini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi

12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba

14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari

17:00 / 19.10.2024