Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘in chiqqan suvosti apparati o‘ta maxfiy atom suvosti kemasi ekani ma'lum bo‘ldi
Yong‘in chiqishi natijasida rossiyalik 14 dengizchi halok bo‘lgan suvosti apparati aslida «Losharik» nomi bilan ma'lum bo‘lgan AS-12 o‘ta maxfiy suvosti kemasidir. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Avvalroq, Rossiya Harbiy Dengiz Flotining (HDF) 14 nafar dengizchisi suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yuz bergan yong‘in natijasida halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
RBK ma'lumotiga ko‘ra, bu kema suvosti ilmiy-tadqiqot apparati emas, balki o‘ta maxfiy atom suvosti kemasidir. Unda yuz bergan yong‘in natijasida 14 nafar dengizchi tutundan zaharlanib halok bo‘lgan. Yong‘in o‘chirilgan, kema esa ayni paytda Severomorsk harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda.
AS-12 atom suvosti kemasi bir-biri bilan bog‘langan bir qancha titan sferalardan iborat. Kema 6 ming metr chuqurlikkacha tushadi va suv ostida 30 uzel tezlikda harakatlanadi.
AS-12 kemasining texnik ma'lumotlari maxfiylashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, uning uzunligi 70 metrni, eni esa 7 metrni, to‘la suv sig‘imi 2 ming tonnani tashkil qiladi. «Losharik» nomini esa multfilm qahramoni bo‘lmish shishiriladigan sharlardan yasalgan toychoqdan olgan.
Mavzuga oid

21:21 / 28.05.2025
Fransiya yangi atom suvosti kemasini taqdim etdi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025