Media.uz musobaqasida g‘olib aniqlandi (fotogalereya)
OAV xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan Media.uz mini futbol musobaqasida g‘olib aniqlandi. Hal qiluvchi o‘yingacha «O‘zbekiston» hamda «Sharq» nashriyotlari jamoalari yetib borishgandi. Finalda omad «O‘zbekiston» nashriyoti futbolchilari tomonida bo‘ldi.
AOKA tomonidan o‘tkazilgan musobaqa finalida «O‘zbekiston» nashriyoti jamoasi «Sharq» nashriyotini 2:1 hisobida mag‘lub etib g‘olib bo‘ldi. Ta'kidlash kerak, «Sharq» musobaqaning chorak finalida Kun.uz jamoasini 5:3 hisobida yengib, yarim finalga chiqqandi. Avvaliga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan Kun.uz ketma-ket 5 ta gol o‘tkazib yuborgandi.



Musobaqaning final bahsidan so‘ng g‘oliblarga pul mukofotlari topshirildi. G‘olib «O‘zbekiston» jamoasi 36 million so‘m, finalchi «Sharq» esa 24 million so‘m bilan mukofotlandi. Taqdirlash marosimi vaqtida mushakbozlik shousi ham o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri o‘yinni stadionda kuzatdi va quyida finaldan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov

20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi

10:05 / 02.05.2025