Butun dunyo bo‘ylab norozilik harakatlari o‘sgani qayd etildi

Foto: REUTERS / Edgard Garrido
Qayd etilishicha, noroziliklar hukumat va siyosatchilarga ishonchning yo‘qligi, shuningdek, hukumatning namoyishchilarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatishi ortidan yanada ortmoqda.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi butun dunyoda norozilik harakatlari o‘sganligini qayd etmoqda. Bu haqda boshqarma vakili Ravina Shamdasani ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Boliviya, Chili, Hongkong, Ekvador, Misr, Gvineya, Haiti, Iroq va Livanda norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Bundan tashqari, avvalroq Jazoir, Honduras, Nikaragua, Malavi, Rossiya, Sudan, Zimbabve, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi.
"Albatta, bu namoyishlar sabablari turlicha va oldindan biror xulosani aytmaslik lozim. Umumiyliklar ham bor: ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, korrupsiya, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq kuchayib borishidan aholi g‘azabda va norozi", - dedi Shamdasani.
Qayd etilishicha, noroziliklar hukumat va siyosatchilarga ishonchning yo‘qligi, shuningdek, hukumatning namoyishchilarga nisbatan ortiqcha kuch ishlatishi ortidan yanada ortmoqda.
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025