Shimoliy Koreyada tashqi ishlar vaziri o‘zgarishi ma'lum qilindi

Shimoliy Koreyada tashqi ishlar vaziri Ri Yong Xo lavozimidan olinib, uning o‘rnini mamlakatning tinch birlashish qo‘mitasi sobiq rahbari Ri Son Gvon egallaydi. Bu esa mamlakatning tashqi siyosatida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Pxenyandagi manbalarga iqtibos keltirgan holda NK News nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Ri Son Gvon 2018 yil boshidagi Koreyalararo muzokaralarda muhim rol o‘ynagan.
Taxmin qilinishicha, yangi tashqi ishlar vaziri tayinlanishi 23 yanvarda Pxenyanda o‘tkazilishi rejalashtirilgan diplomat-rezidentlar uchun tadbirda yoki uning arafasida rasman e'lon qilinadi.
Hozirgi tashqi ishlar vaziri Ri Yong Xo o‘z lavozimini 2016 yildan beri egallab keladi. Ta'kidlanishicha, u xalqaro munosabatlar sohasida 38 yillik faoliyatga ega.
Mavzuga oid

13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi

22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi

18:19 / 28.04.2025
KXDR urushdagi ishtirokini ilk bor tasdiqladi

10:16 / 08.04.2025