Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda IES qurilishining 1-bosqichini boshladi
ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish investitsiya dasturi doirasida O‘zbekistondagi amaliy ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni o‘rganish ishlari boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘lgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.
Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.
Mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yilning 7 fevralida Saudiya Arabistoni energetika vaziri o‘rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa'dun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

20:04 / 18.04.2025