Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda qora o‘latga chalinish holati qayd etildi

Foto: AP
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanidagi chorvadorda qora o‘lat qayd etildi. Bu haqda tumanda joylashgan Bayan-Nur shahri sog‘liqni saqlash komissiyasiga tayanib “Sinszinbao” nashri ma'lum qilgan.
Hozirda bemor mahalliy shifoxonada yakkalangan, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Shu munosabat bilan hududda biologik xavflilikning uchinchi darajasi e'lon qilingan va u 2020 yil oxirigacha amal qiladi.
“Shaharda qora o‘lat tarqalishi xavfi mavjud. Aholi shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishi va kasallik haqidagi xabardorligini oshirishi lozim. Epidemik xavfli hayvonlarga, birinchi navbatda sug‘urlarga ov qilish taqiqlanadi. O‘lik yoki kasal hayvonlar aniqlanganda bu haqida darhol hokimiyat idoralariga xabar qilish lozim”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, tana harorati yuqori va kasallikning boshqa alomatlari kuzatilgan odamlarga o‘zlari haqida shifokorlarga xabar qilish belgilab qo‘yilgan.
Bundan avvalroq qora o‘latga chalinish holatlari Mo‘g‘uliston g‘arbida qayd etilgandi. Bu yerda ushbu kasallikka ikki kishi chalingan. Mahalliy hokimiyat xavotirga o‘rin yo‘qligini aytgan. Kasallik Mo‘g‘ulistonda taomga ishlatiladigan sug‘urlar orqali yoki ular nimtalaganda, kasallangan burga chaqqanda yoki hayvon tishlaganda yuqishi mumkin.
Kasallikning o‘ziga xos xususiyati limfa tugunlarining og‘riqli yallig‘lanishi hisoblanib, buning ortida g‘urralarga o‘xshash bezlar hosil bo‘ladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-6 kunni tashkil qiladi. Agar qora o‘lat davomida zotiljam rivojlansa, u havo-tomchi yo‘li bilan ham yuqishi mumkin.
XIX asr oxirigacha qora o‘latdan o‘lim darajasi 95 foizgachani tashkil qilgan. Hozirda kasallikni o‘z vaqtida davolash boshlansa, uni antibiotiklar yordamida nisbatan yengil yengish mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

22:56 / 29.07.2025
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi

13:55 / 29.07.2025
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

13:23 / 29.07.2025
Stokholmda AQSh-Xitoy savdo muzokaralari boshlandi

23:46 / 28.07.2025