«Rossiyaga ketishdan oldin kasb va til o‘rgatiladi» - O‘zbekistonda yangi migratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
Bugun, 8 sentabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiyada vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Senatning hukumatga kiritgan so‘rovnomasi muhokama etildi. Tadbirda vazir o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi joriy etilayotgan migratsiya tizimi haqida ma'lumot berdi.

«Rossiyaga borgan o‘zbek migranti patent olishni 25 kun kutadi. Patent bo‘lmasa ishlay olmaydi. Bu borada hukumatlararo kelishuvga erishish uchun yaqinda Rossiyaga jo‘nab ketyapmiz.
Tubdan yangi bo‘lgan, xavfsiz va qonuniy migratsiya tizimi yaratilyapti. Bu 3ta yo‘nalishdan iborat.
Birinchisi, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni ketishidan oldin tayyorlash. Ya'ni kasb va xorijiy tillarni o‘rgatib, ularga ishlash uchun chet elga borishiga yordam berish.
Ikkinchisi, xorijda ishlayotgan paytida ularning huquqlarini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Uchinchi yo‘nalishda vatanga qaytganidan keyin mahalliy mehnat bozoriga reintegratsiya qilish, ya'ni bandligini ta'minlash.
Rossiya misolida olsak, bu mamlakatda ishlash istagini bildirgan 2 mingdan ortiq fuqarolarni respublikadagi 33ta markazda kasb-hunarga o‘qitishni yo‘lga qo‘ydik.
Yaqin kunlarda rus tili kurslarini ham tashkil qilamiz. Buning uchun Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti vakillarini O‘zbekistonga taklif etganmiz. Ular kelib hozirda har bir viloyatni aylanib, markazlarga mahalliy o‘qituvchilarni jalb etishmoqda. Yangi metodikalarni o‘rgatishyapti.
Bundan tashqari, sug‘urta polislarini rasmiylashtira boshladik. Mazkur sug‘urtalar to‘lovlari vazirlik huzuridagi jamg‘arma tomonidan qoplab berilyapti.
2020 yil iyun holatiga ko‘ra, 2 milliondan ortiq o‘zbekistonlik turli davlatlarga ishlash uchun ketgan. Ulardan 1,6 million kishi Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston bo‘yicha 1 may kunidan mahalla raislari saylovlari boshlanadi
O‘zbekiston | 16:31
-
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
O‘zbekiston | 16:23
-
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 16:21
-
Xonanda Dilfuza Ismoilovani chuv tushirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 16:06
Mavzuga oid

20:36 / 29.04.2025
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

16:37 / 28.04.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

08:59 / 26.04.2025