Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari viloyatlarda davom ettiriladi
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud majlislarini respublika bo‘ylab hududlarda o‘tkaziladi. Bu haqida jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turgan «Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari bo‘lib o‘tayotgani haqida ma'lumot berilgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan (Toshkent viloyatidan tashqari) bo‘lgan jabrlanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida keyingi sud majlislari respublika bo‘ylab hududlarda o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, bugunga qadar sud majlisida 1 809 nafar jabrlanuvchilar so‘roq qilingan.
Andijon viloyatida yashovchi jabrlanuvchilar uchun sud jarayonlari shu yil 14-19 sentabr kunlari (dushanbadan shanbaga qadar) soat 09:00dan 17:00gacha jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida (Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 15-uy) bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan.
Sud majlisi bo‘lib o‘tadigan vaqt va joy to‘g‘risida JIB Chilonzor tuman sudining telegram kanali orqali xabar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, tergov hujjatlariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MChJ ta'sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va'da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to‘liq bajarmagan.
MChJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islohot 2030. O‘zbek futbolini nima qilish kerak?
Sport | 14:27
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
Mavzuga oid

21:14 / 19.06.2021
“Avto 60-oy”dan jabr ko‘rganlarga pullari qaytarilmoqda

16:58 / 03.04.2021
Firibgarlar uddaburonmi yo odamlar laqma?

20:58 / 19.08.2020
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlarida 923 nafar jabrlanuvchi so‘roq qilindi

16:50 / 05.08.2020