Italiya Yevropa davlatlaridan birinchi bo‘lib AQSh bilan aviaaloqani tiklaydi
Italiya poytaxti Rimdagi Fyumichino aeroporti AQSh bilan pandemiya sababli to‘xtab qolgan aviaaloqani tiklaydigan Yevropadagi birinchi aeroport bo‘ladi.

Foto: Wikimedia
Aeroportga AQShdan va AQShga reyslarni AQShning Delta Air Lines va Italiyaning Alitalia aviakompaniyalari bajaradi. Yo‘lovchilar parvozdan 48 soat oldin yoki aeroportga kelgach koronavirusga tahlil topshirishlari kerak bo‘ladi.
Rim va AQSh o‘rtasida aviaaloqa dekabr boshida boshlanishi kutilmoqda. Bu boradagi yakuniy qaror yaqin orada Italiya hukumati tomonidan qabul qilinishi kerak.
Mavzuga oid

09:36
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

07:48
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

18:45 / 30.04.2025