Jahon | 21:50 / 30.04.2025
1011
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

Inflatsiyaga moslashtirilgan yalpi ichki mahsulot birinchi chorakda yillik hisobda 0,3 foizga kamaydi, bu so‘nggi ikki yildagi o‘rtacha 3 foizlik o‘sishdan ancha past.

Foto: Bloomberg

AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi, bu prezident Donald Tramp savdo siyosati ta’sirining birinchi rasmiy belgisidir, deb xabar berdi Bloomberg.

Hukumat hisobotida aytilishicha, inflatsiyaga moslashtirilgan yalpi ichki mahsulot birinchi chorakda yillik hisobda 0,3 foizga kamaydi, bu so‘nggi ikki yildagi o‘rtacha 3 foizlik o‘sishdan ancha past. Taqqoslash uchun, 2024 yilning to‘rtinchi choragida YaIM 2,4 foizga oshgan edi.

Iqtisodiy tahlil byurosi hisobotida aytilishicha, sof eksport yalpi ichki mahsulotning qariyb 5 foizini tortib oldi. YaIM 2/3 qismini tashkil etuvchi iste’mol xarajatlari atigi 1,8 foizga o‘sdi, bu 2023 yil o‘rtalaridan beri eng zaif ko‘rsatkichdir. Davlat xarajatlari 5,1 foizga qisqardi (to‘rtinchi chorakda 2,5 foizga o‘sgan edi), bu uch yil ichidagi eng katta pasayishdir.

Shu bilan birga, asbob-uskunalar - dastgohlar, mashinalar, sanoat inshootlari va boshqa ishlab chiqarish vositalarini sotib olish bo‘yicha biznes xarajatlari juda keskin o‘sdi: o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5 foizga (yillik hisobda). Bu o‘sish shuni ko‘rsatadiki, umumiy iqtisodiy pasayishga qaramay, kompaniyalar o‘z quvvatlarini modernizatsiya qilish yoki kengaytirishga faol sarmoya kiritmoqda.

Mavzuga oid