Nigeriyada jangarilar 110 kishini o‘ldirib ketdi
Nigeriyaning Borno shtatida 28 noyabrda “Boko harom” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan kamida 110 fermer o‘ldirib ketildi. Bu haqda BMTga tayanib France-Presse axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters
Ma'lum qilinishicha, qurollangan kishilar kunduzi guruch dalasiga mototsikllarda kelib, u yerda ishlayotgan odamlarni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida kamida 110 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda BMTning Nigeriyadagi insonparvarlik yordami koordinatori Edvard Kallon ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ko‘plab yaralanganlar bor.
Avvalroq shtat gubernatori Babaganan Umara Zulum hujum oqibatida 70 kishi o‘ldirilganini ma'lum qilgan. U 29 noyabrda fermerlar o‘ldirilgan guruch dalalari yonida joylashgan Zabarmari qishlog‘iga tashrif buyurgan.
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy fermerlarning ommaviy o‘ldirilishini qoralagan.
“Butun mamlakat bu bema'ni qotilliklardan aziyat chekmoqda”, deb aytilgan Buxoriy bayonotida.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi

13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

01:47 / 19.01.2025