Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh rohingyalarni orolga jo‘natdi. Bu yerda ularning hayoti xavf ostida qolishi mumkin
Inson huquqlari himoyachilarining jarayonni to‘xtatishga chaqiriqlariga qaramasdan Bangladesh rasmiylari juma kuni 1500dan ortiqroq rohingya musulmonlarini izolyatsiyalangan orolga jo‘natishdi.

AP Photo/Saleh Noman
The Guardian nashri ismini oshkor qilishni istamagan rasmiyga asoslanib yozishicha, 1642 nafar qochqin Bangladesh flotiga tegishli 7 kemada Chittagong portidan Bashan Char oroliga olib borilgan.
Uch soatlik safardan keyin orolga yetib borilgan. Bu orol bir paytlar musson yomg‘irlari sabab suv ostida qolgandi. Endilikda orolda ihota devorlari, uylar kasalxonalar va masjidlar mavjud. Buning uchun Bangladesh hukumati 112 million AQSh dollari sarflagan.
Mamlakatning asosiy qismidan 34 kilometr uzoqlikda joylashgan bu orol 20 yil avval o‘zlashtirilgan va unda shu kungacha odam yashamas edi.
Qochoqlar bilan orolga borgan bangladeshlik jurnalist Soliq No‘'monning aytishicha, qochoqlar orolga yetib borgach, avval tana haroratlari o‘lchangan. Keyin ularga tushlikka guruch, tuxum va tovuq go‘shti berilgan. Kemaga chiqishlaridan oldin ularga koronavirusdan himoyalanish maqsadida niqoblar ham berilgandi.
Oroldagi sharoitlar 100 000 kishiga mo‘ljallangan. 100 000 - Myanmadagi tazyiqlardan qochib, Koks bozor dahasida nihoyatda gavjum qochoqlar lagerida yashab kelayotgan millionga yaqin rohingya musulmonlarining o‘ndan biri, xolos.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochoqlar orolga ko‘chish masalasida «erkin qaror» qabul qilishlari kerakligini aytib xavotirini bildirgan.
Bashan Chardagi infratuzilmani rivojlantirish direktori kommodor Abdulloh ol-Ma'mun Chouduri qochoqlarning xavfsizligi bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q, deb aytgan.
U, shuningdek, BMT va boshqa tashkilotlar vakillari orolga borib, barchasiga guvoh bo‘lishlari mumkinligini aytgan. Xalqaro tashkilot vakillari orolga qachon borishlari mumkinligi haqidagi savolga javoban «hukumat bu masala ustida ishlayotgani» aytilgan.
Xorijiy OAV vakillari orolga borishiga ruxsat berilmagan.

BMT va bir qator xalqaro tashkilotlar qochoqlarning orolga ko‘chirilishiga qarshi bo‘lishiga bir necha sabablar bor.
Ularning birinchi va eng asosiysi – orol musson yomg‘irlari tufayli to‘fon ostida qolib, minglab odamlar hayoti jiddiy xavf ostida qolishidir.
Undan tashqari, xalqaro ekspertlar qochqinlar orolga ko‘chishga majburlanishiga qarshi bo‘lishgan.
Amnesty International va Human Righs Watch esa, chorshanba kuni qochqinlar ko‘chirilishiga butunlay qarshi chiqib, Bangladesh hukumatidan bu rejani bekor qilishni talab qilishgandi.
Koks Bozor shaharchasi yaqinidagi qochqinlar lageri hozirda to‘lgan va gigiyenik jihatdan xarob ahvolda. Qochoqlar orasida kasalliklar va jinoyatchilik avj olgan. Ta'lim cheklangan va ishlash imkoni yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, rohingya musulmonlari vatanlari Myanmaga qaytishni istashmayapti.
2018 yilda BMT shafeligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Myanmaning bir necha yuqori darajadagi harbiylarini genotsid, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblashgan edi.
Niderlandiya va Kanadadagi Islom Kooperatsiyasi Tashkiloti yordamida Gambiya Myanmani Haaga sudga bergan va bu ish ko‘rib chiqilyapti.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonga boj, Xitoy quruvchi AES, davlat nazoratidagi go‘sht va Afg‘onistonda «svet» muammosi
Jahon | 11:10
-
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj
Jahon | 10:52
-
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi
O‘zbekiston | 09:54
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
Mavzuga oid

15:37 / 21.07.2025
Bangladeshda harbiy samolyot kollej hududiga quladi, kamida 19 kishi halok bo‘lgan

22:27 / 01.06.2025
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi

23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda

23:39 / 12.11.2024