Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan daromad solig‘i olinmaydi - DSQ raisi o‘rinbosari
2020 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda rasman o‘zini o‘zi band qilish boshlandi. Ushbu shaxslar daromad solig‘idan ozod etilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi. U bu haqda Kun.uz’ga bergan intervyusida aytgan.
«O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar – jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs haqiqatda ishlagan vaqtidan qat'i nazar, 2020 yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida ijtimoiy soliq to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.
Soliq kodeksining 369 moddasiga muvofiq, ular jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi hisoblanmaydi», — deydi Umarov.
Ta'kidlanishicha, 2020 yil uchun bir marta BHMning 50 foizida to‘lov qilgan shaxslar uchun staj ham yoziladi va ularga pensiya hisoblanadi. 2021 yil uchun ular 223 ming so‘m to‘lashi yetarli bo‘lishi qonunchilikda nazarda tutilgan.
O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lishi shart. Ular mehnat faoliyati davomida yollanma ishchilarni jalb qila olmaydi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini yo‘qotadi. Bolalarga qarab turish, chorva mollarini boqish, yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta'mirlash, musiqa asboblarini ta'mirlash va sozlash, tarjima xizmatlari — bular o‘zini o‘zi band qilganlar ixtiyoriy ravishda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlarning bir qismi. To‘liq ro‘yxatdan 67ta faoliyat turi o‘rin olgan.
SOLIQ mobil ilovasi yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tish imkoni mavjud. Har bir o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga beriladigan matritsali shtrix kod (QR-kod) o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlaydi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi. Ular ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash orqali imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

23:08 / 26.06.2025
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi

20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

17:37 / 16.11.2024
Uy sharoitida tirik pilla yetishtirganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

16:03 / 12.07.2024