Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan tuzalganlarga ham emlanish tavsiya etiladi
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib tuzalganlarga ham qayta kasallanish ehtimolining borligi sababli emlanish tavsiya etiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ma'lum qildi.
«Ushbu virusning o‘zgaruvchan ekanligi, doimiy ravishda mutatsiyaga uchrashi, Covid-19 bilan bog‘liq xavflar yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallanish ehtimoli borligi sababli, ushbu kasallik bilan avval kasallangan bo‘lishidan qat'i nazar, emlanish tavsiya etiladi», degan Qurbonov.
Dastlab JSSTning tavsiyasiga ko‘ra va dunyodagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 15 fevraldagi tegishli buyrug‘iga asosan, aholi kasallikni yuqtirib olish xavfiga qarab toifalarga bo‘lingan. Demak, olib kelingan vaksinalar bilan emlash ham shu ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Unga muvofiq:
- Yuqish xavfi juda yuqori bo‘lganlar: 65 yoshdan katta bo‘lganlar (65-74, 75-84, 85 yosh va undan yuqori), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvchilar;
- Yuqori xavf ostida bo‘lganlar: Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari, transport xodimlari (metro, temir yo‘l, aeroport), maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, Mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanishi rejalashtirilmoqda.
Shundan keyingina asta-sekin aholining boshqa qatlamlari ham qamrab olinadi.
Qayd etilishicha, koronavirusga qarshi emlash ishlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokor punktlarida va mobil guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. Hududiy ambulatoriya-poliklinika xizmati tomonidan fuqarolarga emlanadigan kuni, vaqti va joyi haqida xabar beriladi. Emlash ishlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, alohida sertifikatlarga ega bo‘lgan vaksinatorlar tomonidan amalga oshiriladi.
- Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi eng birinchi emlanadigan aholi toifasini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.
- Avvalroq fuqarolar emlanishdan oldin albatta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi va qanday toifadagi aholi vakillariga emlanish tavsiya etilmasligi ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘onlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilishi – MO hafta ichida
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: 15 avgust, Alyaska. Katta uchrashuvdan kutilmalar
Jahon | 11:22
-
Putin Donbass evaziga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishini aytgan. Zelenskiy javob qaytardi
Jahon | 10:17
-
Sea Breeze'ga ruxsat, chorasiz maktablar va yopiq budjet - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi

10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025