«Keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmadi» – MIB Qoraqalpog‘istondagi rahbarlar ustidan tushgan ariza bo‘yicha ma'lumot berdi
Avvalroq MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari boshqarmada tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, korrupsiya va tazyiq o‘tkazish holatlari ko‘payganidan norozilik bildirib, Jo‘qorg‘i Kenges raisi Murat Kamalov va bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ariza yozgani xabar qilingandi.
Arizada xodimlar ayrim tuman bo‘lim boshliqlarining prokuraturadagi tanishlariga ishonib ishga xohlasa kelib, xohlasa kelmasligi, ish vaqtida alkogol ichimliklar iste'mol qilishi, intizomiy jazo olgan holda tanishning kuchi bilan martaba darajalari olganini bildirgan va bosh prokurorning shaxsan nazorati ostida tekshiruv o‘tkazib, tizimni «tozalash»ni iltimos qilgandi. MIB matbuot xizmati esa byuroning markaziy apparati mas'ul xodimlari tomonidan murojaatda keltirilgan har bir vaj bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlanganini ma'lum qilgandi.
MIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tekshiruv ishlari yakunlangan va arizada keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmagan.
«Birgina misol, Mo‘ynoq tumani bo‘limi boshlig‘i M.Baltabayev va Amudaryo tumani bo‘limi boshlig‘i R.Baltabayev bir-biriga amakivachcha bo‘lsa-da, ular sobiq Sud departament davridan buyon ishlab kelib, 2017 yilda Byuro organlariga xizmatga olingan.
Ularning biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunmagan holda, xizmat olib borayotgani sababli, Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom talablari buzilmagan», deyiladi MIB matbuot xizmati ma'lumotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, xodimlarga darajali unvonlar ularning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda hamda egallab turgan lavozimi hamda ish stajiga muvofiq beriladi va bu boshqarma boshlig‘i vakolatiga kirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, MIBning Qoraqalpog‘iston boshqarmasidagi holatlar yuzasidan yozilgan ariza Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘rmon yong‘inlari qoplagan Isroil, maqtangan Tramp va Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston – kun dayjesti
Jahon | 14:48
-
Rossiyalik harbiy xizmatchi Kursk viloyatida oilaga qarata o‘t ochdi
Jahon | 14:30
-
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
O‘zbekiston | 14:19
-
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi
O‘zbekiston | 14:14
Mavzuga oid

14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

13:26 / 08.04.2025