Jahon | 18:51 / 18.05.2021
15132
2 daqiqa o‘qiladi

HAMAS Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan davlatlarni xoinlar deb atadi

HAMAS vakilining so‘zlariga ko‘ra, Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan mamlakatlar bugun sionist bosqinchilarining jinoyatlariga nisbatan sukut saqlamoqda.

Foto: RIA Novosti

Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan mamlakatlar uyalishi kerak, dedi HAMAS harakatining Jazoirdagi vakili Muhammad Usmon Abu al-Baro. Bu haqda Algeria Press Service (APS) agentligi xabar bermoqda.

 «Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan mamlakatlar sionist bosqinchilar Falastin aholisiga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan vaziyatda uyalishi kerak. Gap Ibrohim kelishuvlarini imzolash bilan yakunlangan xoinlik haqida bormoqda. Bu xoinlik hokimiyat tepasida qolish uchun to‘langan badal», dedi u.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bilan munosabatlarni yaxshilagan mamlakatlar bugun sionist bosqinchilarining jinoyatlariga nisbatan sukut saqlamoqda.

2020 yil sentyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining harakatlari bilan Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Keyinroq Sudan va Marokash Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashini e'lon qildi.

Bu hujjatlar G‘arbda «Ibrohim kelishuvlari» deb ataldi. Falastin bu kelishuvlarga mutlaqo qarshi chiqdi.

Mavzuga oid