Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Zidanning iste'fosini e'lon qildi
Zinedin Zidan «Real» bosh murabbiyligini tark etdi.

Madrid klubi fransuz mutaxassis bilan shartnoma uning tashabbusi bilan bekor qilinganini e'lon qildi.
«Uning qarorini hurmat qilgan holda barcha mehnatlari uchun rahmat aytamiz. Zidan «Real»ning ramzlaridan biri va doim klub afsonasi bo‘lib qoladi. Futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham. «Real» har doim Zidanning o‘z uyi», - deyilgan klub bayonotida.
Comunicado Oficial: Zinedine Zidane.#RealMadrid
— Real Madrid C.F. (@realmadrid) May 27, 2021
Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgandi.
Bir muddatlik tanaffusdan keyin 2019 yil martida «Real»ga qaytgan Zidan o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgandi. Joriy mavsumda «Real» Chempionlar ligasi yarim finaliga yetib bordi va La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi.
Zidan «Real»ni 2016 yildan 2018 yilga qadar ham boshqargan, bu vaqt mobaynida u jamoani uch bor Chempionlar ligasi g‘olibligiga boshlab borgandi. Shuningdek, «Real» uning rahbarligida bir marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, bir marta mamlakat Superkubogini, ikki marta UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritib, ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqandi.
Fransuz mutaxassis «qaymoqranglilar» boshqaruvida jami 263 o‘yin o‘tkazib, 174 g‘alabagaga erishgan, 53 durang qayd etgan va 36 o‘yinda mag‘lub bo‘lgna. To‘plar nisbati 605:267.
Bundan avvalroq «Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yoki «Inter»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Real»ga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ispaniyaning Marca nashri esa Zidan ketgan holatda uning o‘rnini «Real»ning sobiq sardori Raul Gonsales egallashi haqida yozgandi. Shuningdek, OAVda «Real» rahbariyati Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etgan Yoaxim Lyovning nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

08:07 / 10.07.2025