Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“To‘y-hashamlarda ijtimoiy masofa saqlamay qo‘ydik” - shtab a'zosi kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani haqida

Sevara Ubaydullayeva
Bugun, 23 iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva nega koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payib ketayotgani yuzasidan tushuntirish berdi:
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savolga bir nechta javob bor.
«Aholi orasida niqoblar taqilmay qo‘yilgani — bu infeksiyaning odamdan odamga yuqish uchun juda qulay sharoit, ya'ni hozir kunlar issiq, havo quruq, virusning havoda harakatlanishiga to‘sqinlik yo‘q va u bemalol insonlarning yuz va qo‘l terisiga yoki ko‘z shilliq qavatiga tushadi. Burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavatiga yoki tomoqqa kiradi hamda hujayra ichiga tushib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi.
Qo‘llarni sovunlab yuvmay qo‘ydik, antiseptiklardan foydalanmay qo‘ydik — bu esa qo‘l terisiga tushgan virusning tozalanmasligiga, qo‘llar ko‘z, burun yo og‘izga tekkizilganda virus organizmga tushishiga zamin yaratadi. Natijada, bu kasallik chaqirishni yanada kuchaytiradi.
Ijtimoiy masofani saqlamay qo‘ydik — juda ko‘p to‘y-hashamlar, tug‘ilgan kunlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yubormoqdamiz. Bu kabi ko‘ngilochar tadbirlarda:
- bir oila a'zolaridan tashqari bir necha oilalar va odamlar soni 30dan ortib ketmoqda;
- tadbirlar yopiq joylarda, umumiy sig‘imdan 50 foizdan ortiq odamlar ishtiroki kuzatilmoqda, ya'ni agar 100 kishilik to‘yxonada tadbir bo‘lsa, talab bo‘yicha 50 kishidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda to‘y-hashamlarda 100-150 nafardan odam ishtirok etmoqda;
- bunday ko‘ngilochar tadbirlarga hech kim oldindan PZR-testini topshirmaydi va kelayotgan mehmonlardan test natijasi so‘ralmaydi;
- kelayotgan mehmonlarning tana harorati o‘lchanmaydi;
- niqoblar taqilmaydi va antiseptiklar bilan qo‘llarga ishlov berilmaydi.
Axir biz to‘y-hashamlarga ko‘ngil ochish uchun boramiz, unda ovqatlanish kerak, insonlar ko‘ngil ochmoqchi bo‘lgandan keyin uzoq davom etuvchi suhbatlar va muloqotlar bo‘ladi. Bularning hammasi — koronavirus tarqalishiga katta zamin yaratmoqda», dedi shtab a'zosi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
AI-92 benzinning birjadagi boshlang‘ich narxi arzonlashtirildi
Iqtisodiyot | 10:30
-
Amerikalik erkak ChatGPT maslahatlari tufayli shifoxonaga tushdi
Jahon | 09:36
-
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi
Jahon | 08:57
Mavzuga oid

15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025