Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikachilar COVID laboratoriyada paydo bo‘lgani to‘g‘risida dalillar borligini ma'lum qildi
Maykl Makkolning ta'kidlashicha, «barcha yo‘llar Uhan virusologiya institutiga olib boradi».
Koronavirus pandemiyasiga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi Uhan virusologiya institutidan «sizib chiqqan». Bu haqda vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi respublikachi Maykl Makkolning hisobotida aytilmoqda, deb yozadi The Hill.
Makkolning ta'kidlashicha, «rad etib bo‘lmas dalillar barcha yo‘llar Uhan virusologiya institutiga olib borishini ko‘rsatmoqda».
Hisobotda aytilishicha, Uhandagi institut olimlari amerikalik ekspertlar yordami hamda Xitoy va AQSh hukumatlarining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi ostida koronaviruslarni modifikatsiya qilish ustida ish olib borgan, deb yozadi Reuters.
Xususan, mutaxassislar virusning «ta'sirchanlik darajasi»ni oshirish va samarali profilaktika choralari yo‘nalishida tajribalar o‘tkazgan.
Makkol Uhandagi laboratoriyada ishlagan olimlar va Xitoy kompartiyasi amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirgan.
Respublikachi shuningdek, amerikalik olim, JSST Xitoyga koronavirus paydo bo‘lishini o‘rganish uchun jo‘natgan xalqaro ekspertlar guruhi a'zosi Piter Daszakni sudga chaqirishni so‘ragan. The Hill nashrining yozishicha, u Uhan laboratoriyasi bilan aloqadorligi uchun tanqid qilingan.
2021 yil boshida JSST xalqaro ekspertlar guruhi Uhandagi o‘rganishlar bo‘yicha hisobotini taqdim etgandi. Mutaxassislar SARS-CoV-2 virusi paydo bo‘lishi bo‘yicha to‘rtta taxminni ilgari surgan. Ular koronavirus insonga ko‘rshapalak orqali yuqqan degan taxminni ishonchliroq deb hisoblagan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonga boj, Xitoy quruvchi AES, davlat nazoratidagi go‘sht va Afg‘onistonda «svet» muammosi
Jahon | 11:10
-
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj
Jahon | 10:52
-
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi
O‘zbekiston | 09:54
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

23:06 / 04.09.2024
JSST: Xitoy barcha ma’lumotlarni taqdim etmaguncha COVID-19 pandemiyasi sababini aniqlab bo‘lmaydi

22:49 / 24.05.2024