Samarqandda mast holda fuqarolarni kaltaklagan va go‘zallik saloniga zarar yetkazgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqandda mast holda fuqarolarni kaltaklagan va go‘zallik saloniga zarar yetkazgan shaxslar ushlangan va ularga Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumondorlar protsessual tartibda qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 11 avgust kuni soat 17:00 larda Jomboy tuman IIB Navbatchilik qismiga Jomboy tumani «A.Qurbonov» MFYda joylashgan oshxona oldida janjal bo‘layotganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro A.J. mast holatda oshxona oldidagi ayollar go‘zallik saloni yonida telefonda gaplashib turgan fuqaro G‘.S.ni haqorat qilib, unga shilqimlik qilishi natijasida janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida fuqaro A.J., G‘.S. va uning onasini urib tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng A.J. o‘zining bir qancha hamrohlari bilan go‘zallik salonining deraza va eshiklarni sindirib, jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni qasddan mensimasdan, janjalni davom ettirgan.
Qayd etilishicha, janjalning barcha ishtirokchilari ushlangan va IIBga olib kelingan. Holat yuzasidan 12 avgust kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Ta'kidlanishicha, janjalning barcha ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025