Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada anomal issiq harorat kuzatiladi, bu O‘zbekistonga ham ta’sir qilishi kutilyapti
Hafta davomida Rossiyada me’yordagidan yuqori havo harorati kuzatiladi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, mazkur harorat O‘zbekiston iqlimiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Foto: Kun.uz
13-19 dekabr kunlari Rossiyaning Yevropa qismida issiq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Rosgidromet direktori Roman Vilfand ma’lumot berdi, deb yozadi Lenta.ru “TASS”ga tayanib.
Manbaga ko‘ra, shimoli-g‘arbiy federal okrugda payshanba va juma kunlari (16 va 17 dekabr) termometr me’yordan 7-8 daraja issiqni ko‘rsatadi. Rossiya janubida, Krasnodar va Rostov o‘lkalarida hafta boshida havo harorati me’yordan 4-6 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Volgabo‘yi, Ryazan va Vladimir viloyatlarida hafta oxirigacha me’yordan 8-9 daraja yuqori harorat kuzatiladi.
Bu holat g‘ayritabiiy issiqlik “shimolni to‘sib qo‘yuvchi” va sovuq havo massalarining hududga kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi hodisa bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
“Nega sovuqning bostirib kelishini kutmaymiz? Sinoptiklar: “Shimol yopiq” deyishadi. Bu shuni anglatadiki, shimoliy kengliklarda g‘arbdan 60 parallel va undan balandroqda sharqiy o‘tish bor. Shimoliy Muz okeanida qanchalik sovuq to‘planmasin, kelasi hafta u Rossiya hududiga kira olmaydi”, degan Vilfand.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov telegram kanalida yozishicha, mazkur havo to‘lqini O‘zbekistondagi havo haroratiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
“O‘zbekistonga katta ehtimol, hafta oxirlarida Kavkaz hududlari orqali Ural-Volgabo‘yi hududlariga kirib borishi kutilayotgan iliq havo to‘lqini ta’sir ko‘rsatadi va dam olish kunlari havo iliy boshlaydi.
Yaqin kunlarda Rossiyaga sovuq havo oqimlarining kirib kela olmasligi yoki boshqacha aytganda, Rossiya uchun iliq qish mavsumi O‘zbekiston uchun ham iliq qish kunlari bo‘lishiga olib keladi”, deb yozadi olim.
Avvalroq, hafta boshida O‘zbekistonda havo harorati pasayishi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi xabar qilingandi. Xususan, 14 dekabr kuni Surxondaryo viloyati janubi va Farg‘ona vodiysining g‘arbiy va markaziy qismlarida kuchli g‘arbiy shamollar esishi aytilgan. Respublikaning boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va u qorga aylanishi ham mumkinligi bildirilgan.
“14 dekabrda kunning 2-yarmidan O‘zbekistonga sovuq antitsiklon kirib keladi. Bunda havo soviy boshlaydi. Bu jarayon 16 dekabrga qadar davom etishi kutilmoqda. Havo harorati kechqurun -1 -6 daraja sovuq, kunduzi +2 +7 daraja iliq atrofida bo‘ladi”, deya Kun.uz’ga ma’lum qilgandi Erkin Abdulahatov.
Shuningdek, “O‘zgidromet” 13-15 dekabr kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari -3 -8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari -7 -12 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 14-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari -3 daraja sovuq va 2 daraja iliqqacha pasayishini prognoz qilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda
Jahon | 11:22
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025