Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Savdoni oshirish uchun mahsulot turini kengaytirish emas, balki uni optimallashtirish zarur» - ekspert
Savdo bo‘yicha konsultant va biznes-trener Akmal Nasriddinovning ta’kidlashicha, korxonaning mahsulot assortimentni kengaytirish qarori chuqur tahlil qilinmasa, bu omborda sotilmay qolayotgan tovarlar miqdorining oshishidan boshqa narsaga xizmat qilmaydi.
«Bir necha yil oldin bir guruh o‘zbek tadbirkorlari bilan Germaniyadagi bir tashkilotga bordik. Bu yerda kiyim ilgichlar ishlab chiqarilar ekan. Ushbu kichkina zavod dunyoning nechadir foiz mehmonxonalarini ilgak bilan ta’minlarkan. O‘sha yerda bitta o‘zbek tadbirkori zavodning egasiga nima sababdan asartimentni kengaytirishmayotgani haqida savol berdi. Nemis tadbirkori esa mahsulot turlarini kengaytirgani bilan hozirgidan ko‘proq sota olishmasligi yoki bu ko‘proq ishlab chiqarishga yordam bermasligini aytdi. Lekin o‘zbek tadbirkor mahsulot xillarini ko‘paytirish borasidagi o‘z fikrida qat’iy turib oldi va uni o‘zgartirmadi.
Umumiy tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, asartimentni kengaytirish ko‘p hollarda savdoning o‘sishiga olib kelmaydi, bu faqat sizning omboringiz kengayishiga xizmat qiladi. Sababi mahsulot turlarini ko‘paytirish kerak emas, aksincha uni optimallashtirish kerak. Ya’ni mahsulot xilma-xilligini sotiladigan tovarlar bilan ko‘paytirish zarur, ammo ko‘p holatlarda bunga amal qilinmaydi. A, B, C, X, Y, Z degan analizlar bor, o‘sha tahlillardan ko‘pchilik foydalanmaydi. Agar savdo va marketing menejyeri yaxshi ishlasa va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tahlil qilinsa, 200 yoki 500 xil turdagi mahsulotlarniyam sotish mumkin», deydi mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

20:30 / 23.07.2022
Xodimlariga avtomobil sovg‘a qiladigan tadbirkor

20:00 / 14.07.2022
Prezident e’tirofi, universitet va IT vodiy: O‘zbekistonda IT kelajagi qanday bo‘ladi?

20:10 / 21.05.2022
“Kelajakda o‘rningizni birov egallamasligi uchun hozir harakat qiling” - BTS kompaniyasi asoschisi Behzod Jalolov

13:27 / 07.01.2022