Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy mahsulotlarni davlat organlari tomonidan kafolatli xarid qilish tizimi joriy etiladi

Foto: Freepik
Prezidentning “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 apreldan boshlab ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘shma moliyalashtirish yo‘nalishida To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
- marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish jarayonlarida texnologik ko‘maklashish, xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalari tomonidan jihozlarni o‘rnatish va ishga tushirish;
- tenderlar yoki texnologiya lisenziarlarining eng yaxshi takliflarini tanlash asosida aniqlanadigan zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar qiymatining 50 foizini to‘lashga.
Ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘shma moliyalashtirish yo‘nalishida investitsiya shartnomalari doirasida jalb qilingan xorijiy investorlarning mablag‘lari, birinchi navbatda, ilmiy tadqiqotlar va tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan texnologiyalar transferini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Tarmoqlararo kooperatsiyani qo‘llab-quvvatlash sohasida transferga tayyor ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida Elektron kooperatsiya portali orqali sotishga ruxsat beriladi.
Respublika hududida avval ishlab chiqarilmagan, mahalliy korxonalar tomonidan o‘zlashtiriladigan mahsulotlarni davlat organlari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar tomonidan o‘rta muddatli shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish tizimi joriy etiladi. Bunda:
- kafolatli xarid qilish shartnomalari bo‘yicha tanlovlar ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati doirasida amalga oshiriladi;
- ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali, elektron kooperatsiya portali hamda manfaatdor vazirlik va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Bunda davlat organlari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga o‘zining import mahsulotlarga talabi asosida mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan korxonalar bilan kafolatli xarid qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi

09:51 / 15.04.2025
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin

14:12 / 22.02.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

09:43 / 08.01.2025