Plastik kartalardan pul o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo kuchaytiriladi
Bank plastik kartalaridan pul o‘g‘irlaganlik holatlarini Jinoyat kodeksining 168- va 169-moddalarida og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilash taklif qilinmoqda.

Foto: Getty Images
Qonunchilik palatasining majlisida “Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi.
Majlisda ma’lum qilinishicha, bank plastik kartochkalari va bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larining o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilingani haqida fuqarolardan ichki ishlar organlariga 2020 yilda shu mazmunda 965ta, 2021 yilda 1601ta murojaat kelib tushgan.
Muhokama qilingan qonun loyihasida Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish)ni 3-qismga “g” band (axborot texnologiyalaridan yoki elektron to‘lov vositasi yoxud masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanib firibgarlik sodir etish) sifatida ko‘chirish taklif etilmoqda.
Buning natijasida bank plastik kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan mablag‘ talon-toroj qilganlik uchun 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, bugungi kunda bank plastik kartochkalaridan oz miqdordagi pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlarining takroriy ravishda sodir etilishiga chek qo‘yish, ushbu jinoyatlarni amaldagi tartibga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan malakalashni istisno etib, bunday qilmishlar uchun og‘irroq jazo belgilash maqsadida qonun loyihasida yana bir o‘zgartirish nazarda tutilmoqda.
Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi “b” bandi (kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib o‘g‘rilik sodir etish)ni “axborot tizimiga ruxsatsiz kirib yoki elektron to‘lov vositasi yoki masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanib o‘g‘rilik sodir etish tarzida o‘zgartirish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
-
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
Jahon | 21:20
-
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi
Jahon | 20:58
Mavzuga oid

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025