Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sodir bo‘lgan voqealar bizni yanada hushyor va sezgir bo‘lishga chaqiradi» - Shavkat Mirziyoyev
Prezident ommaviy tartibsizlik aybdorlari muqarrar jazoga tortilishini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida deputatlar, faxriy va faollar bilan uchrashuvda fuqarolardan jipslashishni, yakdil bo‘lishni so‘radi.
«Dengizning qurigan qismida 1 million 733 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etildi. Orolbo‘yi hududining o‘simlik va hayvonot dunyosini tiklash bo‘yicha besh yillik milliy dastur ishlab chiqilmoqda. Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalasi birinchi marta davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yuksak xalqaro minbarlardan doimo Orol muammosiga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratib kelmoqdamiz.
To‘liq ishonch bilan aytamanki, Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar bundan buyon ham albatta izchil sur’atlarda davom ettiriladi.
Chunki Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun o‘zbek xalqining baxti va farovonligidir.
Men hayot sinovlarida toblangan qoraqalpoq xalqining donishmandligiga ishonaman va ularni aql-idrok bilan ish tutishga, turli xil, jumladan, chetdan bo‘layotgan g‘arazli chorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka chaqiraman.
Ayirmachilikka, ommaviy tartibsizliklarga, hokimiyat organlariga zo‘ravonlik yo‘li bilan qarshilik ko‘rsatishga da’vat etadigan har qanday harakatlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq keskin chora ko‘riladi, aybdorlar esa muqarrar jazoga tortiladi.
Aminmanki, Qoraqalpog‘istonning mehnatkash, donishmand, oliyjanob va bag‘rikeng eli mana shunday murakkab davrda o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari taqdirining birligi va yaxlitligiga, og‘izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarini bundan buyon ham ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab yashaydi.
Sodir bo‘lgan voqealar bizni yanada hushyor va sezgir bo‘lishga chaqiradi. Bugun jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun, farzandlarimiz va nabiralarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun metin iroda, jipslik va yakdillik har qachongidan ham zarurdir», degan davlat rahbari.
Bugungi tahlikali dunyoda yurtdoshlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, mamlakatimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta’minlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish juda muhimligi, faqat mana shu yo‘l bilan bugungi tahdid va xavf-xatarlarga munosib javob berish, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi jamiyatimizda, avvalo, yoshlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratish, demokratik islohotlar yo‘lidan ortga qaytmasdan yanada samarali natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlandi.
Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari yoshlarni aql-idrok bilan ish tutishga, turli g‘arazli chorlov va harakatlarga aldanmaslik, ularning qurboniga aylanmaslikka chaqirdi. Separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etadigan har qanday harakatlarga qonunchilikka muvofiq keskin chora ko‘rilishi, aybdorlar jazoga tortilishi aytib o‘tildi.
«Fursatdan foydalanib, men O‘zbekistonni o‘z ona Vatani deb biladigan barcha vatandoshlarimizga, muhtaram otaxon va onaxonlarimizga, qadrli aka-uka va opa-singillarimizga, aziz farzandlarimizga murojaat qilib aytmoqchiman.
Hech kimga sir emas, hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida o‘zaro shafqatsiz raqobat, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, separatizm, millatchilik, radikalizm kabi tahdidlar tobora kuchayib bormoqda.
Ana shunday tahlikali vaziyatda mamlakatimizda yashayotgan turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, go‘zal diyorimizda barqaror va bardavom taraqqiyotni ta’minlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish barchamizning, avvalo, rahbar va mutasaddilarning nafaqat vazifasi, balki muqaddas insoniy burchidir.
Biz faqat mana shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga munosib javob berishimiz, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi jamiyatimizda, avvalo, yoshlarimiz qalbida mustahkam immunitet yaratishimiz, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan demokratik islohotlar yo‘lidan ortga qaytmasdan yanada samarali natijalarga erishishimiz mumkin.
Aziz yurtdoshlar!Barchamiz uchun Vatan bitta. Bizni yagona, ulug‘ bir maqsad birlashtiradi. U ham bo‘lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir.
Biz Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barchamiz birgalikda albatta barpo etamiz.
O‘z hayoti davomida tarixning ko‘p-ko‘p mashaqqatli sinovlarini mardona yengib o‘tgan azm-u shijoatli, oliyjanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan mana shunday buyuk maqsadlarga albatta erishadi, deb ishonaman», dedi davlat rahbari so‘zining yakunida.
Yig‘ilishdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi «Samanbay» ovul fuqarolar yig‘iniga borib, yoshullilar, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan uchrashdi.
Prezident Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tashvishli voqealarni butun xalqimiz chuqur dard va iztirob bilan qabul qilgani, bu sinovni og‘ir-bosiqlik, ahillik bilan ortda qoldirish kerakligini ta’kidladi.
Odamlar buni tasdiqlab, Qoraqalpog‘istonning donishmand eli bundan buyon ham o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining birligiga, og‘izbirchiligiga asoslangan muqaddas qadriyatlarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab yashashiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024