Ta’lim va tibbiyot muassasalariga autsorsing asosida boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi

Foto: Shutterstock
“Ta’lim va tibbiyot muassasalariga autsorsing shartlari asosida boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ta’lim va tibbiyot muassasalariga boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan autsorsing shartlari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati, ta’lim va tibbiyot muassasalarida boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan autsorsing shartlari asosida xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, ta’lim va tibbiyot muassasalariga autsorsing asosida xizmatlar qaror ilovasida keltirilgan ro‘yxatga muvofiq boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Xizmatlar autsorsing asosida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablag‘lari, birinchi navbatda, ta’lim va tibbiyot muassasalari moddiy texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:
a) ta’lim va tibbiyot muassasalariga boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan autsorsing shartnomasi asosida kommunal va tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, avariya-dispetcherlik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
b) Samarqand viloyati, Navoiy viloyati va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda eksperiment tariqasida ushbu hududlarda joylashgan ta’lim va tibbiyot muassasalariga ro‘yxatga muvofiq xizmatlarni boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tkazish to‘g‘risida davlat xaridlari elektron tizimida va ommaviy axborot vositalarida e’lon berilishini hamda belgilangan tartibda autsorserlar bilan shartnoma tuzilishini nazoratga oladi;
v) Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, eksperiment ijobiy natijalariga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvaridan boshlab, tasdiqlangan nizom talablari asosida respublika boshqa hududlarida ham boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilishni ommalashtirish choralarini ko‘radi;
g) nizom talablariga muvofiq hududlarda ta’lim va tibbiyot muassasalariga autsorsing shartlari asosida xizmat ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yadi va ushbu talablarga qat’iy rioya etilishini nazorat qilib boradi;
d) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni qarorga muvofiqlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
Mavzuga oid

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

21:26 / 10.01.2025
Davlat bog‘chalarida «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi

11:41 / 09.01.2025
Tibbiyotda stomatologiya xizmati autsorsing asosida xususiy sektorga beriladi

18:20 / 20.01.2024